Foto: AFP
Nyu-Yorkdagi Manhetten jinoiy sudi Donald Trampning porno aktrisa Stormi Denielsga to‘lovlarda moliyaviy firibgarlik qilgani bo‘yicha ochilgan ishni tugatish haqidagi iltimosini rad etdi.
Sudya Xuan Merchanning aytishicha, sobiq prezident ustidan birinchi marta jinoiy sud jarayoni 25 mart kuni boshlanadi. Unda hakamlar hay’ati tanlanadi.
Trampning advokatlari suddan ishni to‘xtatish yoki kechiktirishni talab qilishga urindi. Ularning fikriga ko‘ra, sud jarayoni saylovoldi tadbirlariga halal berishi mumkin, bu esa prezidentlik sayloviga aralashishni anglatadi. Biroq, sudya bu da’volarning barchasini rad etdi.
Nyu-Yorkdagi sud jarayoni sobiq prezidentga qarshi ochilgan to‘rtta jinoiy ishning birinchisi bo‘ladi. Avvalroq, Tramp maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlaganlik, Jorjiya shtatida prezidentlik saylovi natijalarini o‘zgartirishga urinish, saylov natijalarini bekor qilish uchun fitna uyushtirish va Kapitoliyga bostirib kirish ishi bo‘yicha ayblangan edi.
Tramp barcha ayblovlarni rad qilib, ular siyosiy tusga ega ekanini ta’kidlab kelmoqda.
Nyu-Yorkdagi sud jarayoni Trampning porno yulduz Stormi Denielsga «munosabatlarini oshkor qilmaslik uchun pul to‘lagani» bilan bog‘liq.
Ish materiallariga ko‘ra, 2016 yilgi saylovdan oldin Tramp advokat orqali Stormi Denielsga «jim bo‘lishi» uchun 130 ming dollar to‘lagan.
Ushbu to‘lovning o‘zi noqonuniy emas, lekin Tramp uni advokatga yuridik xizmatlar uchun to‘lov sifatida rasmiylashtirgan. Bu esa Nyu-York shtatida hisobotni soxtalashtirish sifatida baholanadi va jinoiy javobgarlikka tortiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi