date
views 131

Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish mahsulotlarini ishlab chiqarmoqchi

Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish mahsulotlarini ishlab chiqarmoqchi
Foto: “Dunyo”
Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish mahsulotlarini ishlab chiqarishi mumkin, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchixonasida Nippon Investment Operating Corporation (NIOC) kompaniyasi rahbari Nabi Mamajan, uning hamkori Muroosystems Corporation bosh ijrochi direktori Pan Jongsin hamda kompaniya menejeri Yoshifumi Takata bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Suhbat davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida tabiiy ofatlarning oldini olishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilish hamda tog‘ va sel ko‘chkilarning oldini olishda ishlatiladigan gabion va turli himoya setkalarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda kompaniya tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha pilot loyihasini amalga oshirishiga kelishib olindi. Shu bois yapon tomoni yaqin fursatlarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, tegishli vazirliklar va boshqa tashkilotlar bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish mahsulotlarini ishlab chiqarmoqchi