Photo: AFP
Rossiya HAMAS va boshqa Falastin guruhlari, jumladan “Fath” a’zolarini Isroil-HAMAS urushi va Yaqin Sharqdagi boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga taklif qildi. Bu haqda Al-Arabiya nashri Kreml matbuot xizmati tarqatgan xabarga asoslanib ma’lum qildi.
Rossiya ma’muriyati 29 fevraldan boshlab o‘nga yaqin falastinlik guruhlar o‘zaro muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga taklif qilinishi haqida xabar bergan. Muzokaralar asosan ikki qismga bo‘lingan Falastin uni yagona rahbariyat ostida yana birlashtirish haqida bo‘lishi bildirilgan.
“Biz Falastinning barcha vakillarini, shuningdek, Suriya, Livan va mintaqaning boshqa mamlakatlarida o‘z pozitsiyalariga ega bo‘lgan barcha siyosiy kuchlarni taklif qildik”, — degan prezident Vladimir Putinning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Bogdanov bo‘lg‘usi muzokaralarga munosabat bildirib.
Bogdanovga ko‘ra, taklif etilganlar orasida “Fath”, “Falastin ozodlik tashkiloti” (FOT) vakillari bilan bir qatorda HAMAS va “Falastin islomiy jihodi” tashkiloti a’zolari ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?