
Foto: CNN
16 fevral kuni Isroilning sobiq mudofaa vaziri Benni Gans musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida ham jangovar harakatlar davom ettirilishini ma’lum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
“Men Isroilning barcha fuqarolari va garovga olinganlarning oilalariga shu xabarni yetkazmoqchiman: garovdagilar qaytarilmaguncha, biz to‘xtamaymiz. Isroilliklar qaytarilmaguncha, bir kun ham sulh bo‘lmaydi”, — degan Gans.
Isroil vakiliga ko‘ra, hatto yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyida ham shiddatli janglar davom etishi mumkin. Garovda qolayotganlar qaytarilmas ekan, harbiy amaliyot Rafahga ham kirib borishi ta’kidlangan.
Gans Isroil Rafahga quruqlikdan hujum qilishga tayyorlanayotganini ham ma’lum qilgan. Rasmiy Tel-Aviv ushbu bo‘lg‘usi tajovuz oldidan Misr bilan muloqotga kirishishga hamda aholini “qo‘riqlanadigan hududlar”ga yo‘naltirishga harakat qilayotgani aytilgan.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rafahdagi operatsiya 10 mart kuni, Ramazon oyi boshlanishiga qadar yakunlanishi kerakligini ma’lum qilgan edi. Bosh vazir bayonotidan ko‘p o‘tmay yangragan harbiy tashkilotlar rahbarlari taqdim etayotgan ma’lumot esa tinchlikka erishish ehtimolini istisno etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar