18:46 / 17.02.2024
330

Navalniyning onasi qamoqxonaga bordi. Unga o‘g‘lining jasadini berishmadi

Navalniyning onasi qamoqxonaga bordi. Unga o‘g‘lining jasadini berishmadi
Lyudmila Navalnaya o‘g‘li jon bergan Xarp qishlog‘idagi qamoqxonaga bordi \ Foto: Reuters
Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning jamoasi uning o‘limini tasdiqladi. Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmishning aytishicha, siyosatchining onasi Lyudmila Navalnaya bugun ertalab o‘g‘li vafot etgan Xarp qishlog‘idagi qamoqxonaga borgan va unga o‘lim guvohnomasini berishgan.

Guvohnomada Navalniy mahalliy vaqt bilan soat 14:17 da vafot etgani qayd etilgan. Siyosatchining onasiga uning jasadi Salexarddagi o‘likxonada ekanini, jasad bilan «surishtiruv» o‘tkazilayotganini aytishgan.

Ko‘p o‘tmay Navalniy jamoasi yetakchilaridan bo‘lgan Ivan Jdanov Salexarddagi o‘likxonada siyosatchining jasadi yo‘qligi haqida yozdi. Navalniyning onasi uning advokati bilan birga qamoqxonadagilar aytgan o‘likxonaga borganda, u yer yopiq ekanini ko‘rgan. Kira Yarmish o‘likxona yopiqligi aks etgan surat ham e’lon qildi.

Salaxarddagi o‘likxona \ Foto: Kira Yarmish
Navalniyning advokati yopiq eshikda qoldirilgan telefon raqamiga ko‘ng‘iroq qilganda esa siyosatchining jasadi bu o‘likxonada saqlanmayotganini aytishgan. Morgdagilar Navalniyning jasadini so‘rab bugunning o‘zida yetti kishi qo‘ng‘iroq qilganini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo