Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shanba kuni falastinliklar bilan kelishuvga faqat tomonlar o‘rtasida hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali erishish mumkinligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Men Vazirlar Mahkamasida buni aniq aytdim va bugun kechqurun butun dunyoga takrorlayman va ta’kidlayman: kelishuvga faqat tomonlar o‘rtasida hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan erishiladi. Isroil mening rahbarligim ostida Falastin davlatining bir tomonlama tan olinishiga qat’iy qarshi chiqishda davom etadi”, — dedi bosh vazir matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan keyin Falastin davlatini bir tomonlama tan olishdan ko‘ra “terrorizm uchun kattaroq mukofot” yo‘q.
Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 775 kishiga yetdi, 68 500 dan ortiq kishi jarohat oldi, deb xabar berdi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi. HAMAS G‘azo sektorida 200-250 ga yaqin garovda bo‘lganini aytgan. Bu vaqtga kelib, Isroil rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, garovga olingan 112 kishi ozod qilingan, 30 dan ortig‘i o‘lgan deb hisoblangan va 100 ga yaqini hali ham Falastin anklavida saqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda