Foto: Reuters
Rossiya yaqinda qamoqda vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyni Federal xavfsizlik xizmati (“FSB”) maxfiy departamenti xodimi Vadim Krasikovga almashishni rejalashtirgan. Bu haqda manbalarga tayanib, Bild xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralar Rossiya, AQSH va Germaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozir Germaniya qamoqxonasida saqlanayotgan agent Vadim Krasikovni mamlakatga qaytarmoqchi bo‘lgani ta’kidlanadi.
Putin bu haqda amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ham ishora qilgani aytilmoqda. Vadim Krasikov 2019 yil 23 avgust kuni Berlinda sobiq chechen qo‘mondoni Zelimxon Xangoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
The Wall Street Journal 2023 yil sentyabr oyida Rossiya hukumati jurnalist Evan Gershkovich va Rossiyadagi boshqa amerikalik mahbuslarni Vadim Krasikovga almashtirish imkoniyatlarini qidirayotgani haqida xabar berdi. O‘shanda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni ham almashish imkoniyati borligi aytilgan edi.
Aleksey Navalniy o‘limi
Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16 fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab bo‘lgani aytilgan.
“Ommaviy axborot vositalarida yozilayotgan va Jazoni ijro etish Federal xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda Aleksey Navalniy tromb yorilishidan vafot etgani aytilmoqda. Ammo buni hozircha tasdiqlab bo‘lmaydi, chunki bu kasallikni aniqlash uchun avval murdani yorib ko‘rish kerak”, — degan Navalniyni davolagan shifokor Polupanov.
O‘z navbatida, Tergov qo‘mitasi tergovchilar marhumning jasadini tekshirmoqchi.
“Aleksey Navalniyning jasadi zudlik bilan oilasiga berilishini talab qilamiz”, — deydi siyosatchining matbuot kotibi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi