Foto: Google Images
AQSH rasmiylari Ukrainaga ATACMS ballistik raketalarining Kiyevga yuborilgan avvalgi o‘xshash raketalardan uzoqroq masofaga uchadigan zamonaviy versiyalarini taqdim etish ustida ishlamoqda. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
“Ukraina rasmiylaridan bir necha oylik so‘rovlarni olgandan so‘ng, AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainani yangi kuchli ballistik raketalar bilan ta’minlash ustida ishlamoqda. AQSH hozirda Ukrainaga ATACMS raketalarining yangi versiyasini yuborishga intilmoqda”, — deb ta’kidladi telekanal nomi oshkor etilmagan AQSH rasmiylariga tayanib.
Ularga ko‘ra, Kongress Ukraina uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ma’qullasa, Qo‘shma Shtatlar joriy yilning birinchi harbiy yordam paketlaridan biriga yangi ATACMS'ni kiritishi mumkin. Ayni paytda Vashington Kiyevga o‘q-dorilar va artilleriya yuborishga tayyor.
Rasmiylar Vashington o‘z ittifoqchilaridan Ukrainaga raketalarini yetkazib berishni, shuningdek, Amerikaning ATACMS zaxiralarini to‘ldirishni so‘rashi mumkinligini istisno qilmadi.
Pentagon rasmiylari, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlarda ATACMS'ning cheklangan zaxirasi borligini va raketalar o‘z arsenallarini to‘ldirish imkoniyatisiz Ukrainaga yuborilishi dargumon ekanligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar chog‘ida Vashingtonni Kiyevga yangi qurollar, jumladan, 300 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan ATACMS raketalarini yetkazib berishga chaqirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi