Foto: Anadolu
19 fevral kuni Rossiyaning BMTdagi vakili AQSHni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga qarshi chiqqanlikda ayblab, ochiqchasiga tanqid qildi. Bu haqda Anadolu agentligi G‘arb manbalariga asoslanib, xabar berdi.
Jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya vakili Vasiliy Nebenzya “faqat bir delegatsiya” G‘azoda qariyb besh oydan beri davom etayotgan urushni to‘xtatishga qarshi chiqayotganligini urg‘ulagan.
Nebenzya ,shuningdek, Rossiya 16 oktyabr kuni sulh bo‘yicha rezolyutsiya taklif qilganini, agar sulh qabul qilinganida ko‘plab tinch aholining hayoti saqlab qolingan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Rossiya vakili ushbu bayonotni Jazoir tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashiga Isroil va HAMAS o‘rtasida zudlik bilan “gumanitar sulh”ga chaqiruvchi rezolyutsiya taqdim etilganidan so‘ng ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda