Foto: Google Images
Britaniya hukumati Ukrainaga Qirollik Qurolli Kuchlari ixtiyoridagi deyarli barcha AS-90 o‘ziyurar artilleriya moslamalarini yetkazib berdi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi ma’lum qildi.
“Buyuk Britaniya deyarli barcha AS-90 og‘ir artilleriya moslamalarini Ukrainaga yetkazib berdi. O‘q-dorilar borasida ham saxiylik qildik, lekin yuqori shaylikdagi kuchlarimiz uchun zarur bo‘lgan zaxiralarni saqlab qoldik. Bundan tashqari, biz 155 mm snaryadlar ishlab chiqarishni tezlashtirdik va butun dunyo bo‘ylab imkon qadar ko‘proq 152 mm va 122 mm snaryadlarni sotib olishni boshladik.
Buyuk Britaniyaning Ukraina artilleriyasiga qo‘shgan hissasi bizning artilleriya zaxiralarimiz bilan cheklanib qolmaydi, balki undan ham ko‘proq qurol va o‘q-dorilar yetkazib berishga harakat qilamiz”, — dedi Xippi Britaniya parlamentining Jamoatlar palatasida so‘zlagan nutqida.
17 fevral kuni Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Daniya qurolli kuchlari allaqachon barcha artilleriyalarini Ukrainaga o‘tkazib bo‘lganini, endi Yevropa davlatlari omborlarda saqlanayotgan o‘q-dorilarni Kiyevga yuborishi kerakligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi