23:10 / 20.02.2024
224

Rossiya AQSH senatorini terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Rossiya AQSH senatorini terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi
Foto: Getty Images
20 fevral kuni Rossiya hukumati amerikalik senator Lindsi Gremni terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Rossiyaga qarshi pozitsiyasi bilan tanilgan senator Grem bir necha bor Kremlni AQSH tuzgan terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga qo‘shishga chaqirgan edi. U Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishning turli variantlarini ham taklif qilib kelgan.

Senator Lindsi bilan birga, sobiq ekologik harakat faoli Yevgeniya Chirikova ham “qora ro‘yxat”ga kiritilgan. Chirikova Rossiyada xorijiy agent sifatida tan olingan. Hozirda u Rossiyadan tashqarida istiqomat qiladi.

2023 yilning may oyida Ukraina tomoni Gremning prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda ruslarning o‘limi “AQSH sarflagan eng yaxshi sarmoya” ekanligini aytib o‘tgan videoni e’lon qilgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu so‘zlarni “Qo‘shma Shtatlar uchun sharmandalik” deb atagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova esa rossiyaliklarga nisbatan o‘lim bilan tahdid qilish Amerika Qo‘shma Shtatlarida azaldan odatiy amaliyotga aylanib bo‘lganini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo