Foto: “Krasnaya Vesna”
Rossiya Bering bo‘g‘ozi bo‘yicha AQSHga qarshi hududiy da’volar tayyorlamoqda. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Rossiya Bering bo‘g‘ozi bo‘yicha “Shevardnadze-Beyker kelishuvi”ni amalga oshirishdan bosh tortish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tegishli kelishuv 1990 yilda imzolangan bo‘lib, AQSH SSSRning 30 ming kvadrat kilometrga yaqin eksklyuziv iqtisodiy zonasi va 40 ming kvadrat kilometrdan ortiq shelfini olgan, bu yaqin kelajakda denonsatsiya qilinishi (xalqaro huquqda ikki tomonlama xalqaro shartnoma amal qilishini to‘xtatish) mumkin.
“Keyingi denonsatsiya 1990 yilda SSSR tashqi ishlar vaziri Shevardnadze va AQSH davlat kotibi Jeyms Beyker o‘rtasida tuzilgan Bering bo‘g‘ozi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi bo‘ladi”, — deydi Rossiya davlat dumasining xalqaro ishlar qo‘mitasi a’zosi Roza Chemeris.
Rossiya rasmiylari 2020 yilda Rossiya parlamenti tomonidan hech qachon ratifikatsiya qilinmagani uchun vaqtinchalik qo‘llaniladigan shartnomani denonsatsiya qilish ehtimoli masalasini muhokama qila boshladi.
Shartnomani bekor qilish va iqtisodiy zonaning hozirda AQSH nazoratida bo‘lgan Rossiya qismini de-fakto deb e’lon qilish g‘oyasini 2023 yil oktyabrda Kamchatka o‘lkasidan senator Boris Nevzorov bildirgandi. U Shevardnadze-Beyker kelishuvi kamsituvchi bo‘lib, Rossiyani Bering dengizining 78 ming kvadrat kilometrlik hududidan, shu jumladan kontinental shelfdan mahrum qilganini aytgan.
Nevzorovning so‘zlariga ko‘ra, Shevardnadzening imtiyozlari tufayli Rossiya har yili 500 ming tonna baliq va qisqichbaqani yo‘qotadi. Qimmatbaho neft va gaz konlaridan foydalanish imkoniyati ham mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!