Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi yangi bayonotlari AQSH uchun sharmandali va uyatli, bu bilan Rossiya prezidentini izdan chiqara olishmaydi.
«Janob Bayden ichki siyosiy manfaatlar uchun Gollivud kovboyi uslubidagi xatti-harakatlarini namoyish qilayotgani aniq. U buni juda xohlaydi, lekin o‘xshata olmaydi», — dedi Peskov.
AQSH prezidenti chorshanba kuni San-Fransiskoda o‘tkazilgan tadbir chog‘ida Rossiya prezidentini «crazy SOB», ya’ni «aqldan ozgan ... bolasi» deb atadi.
Bayden, shuningdek, yadroviy mojaro tahdidi haqida ham gapirgan.
«AQSH davlat rahbarining og‘zidan chiqqan bunday bema’ni gaplar qandaydir tarzda boshqa davlat rahbarini, xususan, prezident Putinni izdan chiqarishi dargumon», — dedi Peskov. — «Ammo bu mamlakatning o‘zi uchun, ya’ni Qo‘shma Shtatlar uchun juda sharmandali hol». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!