date
views 579

Aleksey Navalniyning jasadi onasiga ko‘rsatildi

Aleksey Navalniyning jasadi onasiga ko‘rsatildi
Foto: Reuters
Aleksey Navalniyning onasi Lyudmilaga marhum o‘g‘lining jasadi ko‘rsatildi. Bu haqda u videomurojaatida gapirdi. Lyudmila Navalnaya, shuningdek, tergovchilar siyosatchini yashirin tarzda dafn qilishni talab etishayotganini, agar u rad qilsa, jasadni «bir narsa qilish» bilan tahdid qilishayotganini aytdi.

«Men hozirgina Salexard shahri Tergov qo‘mitasi binosidan chiqdim… Kecha kechqurun ular meni yashirincha o‘likxonaga olib borishdi va u yerda Alekseyni ko‘rsatishdi. Tergovchilar o‘lim sababini bilishini aytmoqda... Ularda barcha tibbiy va yuridik hujjatlar tayyor, go‘yo men ularni ko‘rgan ekanman, go‘yo tibbiy o‘lim haqidagi guvohnomaga imzo chekkan ekanman.

Qonunga ko‘ra, ular menga Alekseyning jasadini darhol berishi kerak edi, ammo hozirgacha buni qilishmadi. Buning o‘rniga ular meni shantaj qilmoqda, Alekseyni qayerda, qachon va qanday dafn qilish kerakligi bo‘yicha shart qo‘ymoqda. Bu noqonuniy...

Ular meni qabristonning chetiga, yangi qabrga olib borib: «Mana, o‘g‘lingiz yotibdi», demoqchi. Men bunga rozi emasman. Men boshqalar ham Aleksey bilan xayrlashish imkoniyatiga ega bo‘lishini xohlayman… O‘g‘limning jasadini zudlik bilan menga topshirishni talab qilaman
», dedi Lyudmila Navalnaya.

Aleksey Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmishning ma’lum qilishicha, siyosatchining o‘limi haqidagi tibbiy xulosada u «tabiiy sabablar tufayli» vafot etgani yozilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim haqidagi guvohnoma Navalniyning onasiga tergovchilar tomonidan ko‘rsatilgan.

16 fevral kuni Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmati (FJIX) Aleksey Navalniy Xarp koloniyasida vafot etgani haqida xabar berdi. Shundan beri Aleksey Navalniyning onasi o‘g‘lining jasadini olishga harakat qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aleksey Navalniyning jasadi onasiga ko‘rsatildi