
Foto: Getty Images
2023 yil yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayollar Turkiyadagi xorijlik kelinlar reytingida peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda MIR24 Turkiya Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd qilinishicha, xorijlik kelinlarning 12 foizi O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarni suriyalik (11 foiz) va ozarboyjonlik (9 foizi) kelinlar egallab turibdi. Rossiyalik kelinlar 7,5 foiz ko‘rsatkich bilan yuqori beshlikka kirgan.
2023 yilda xorijlik kelinlarning o‘rtacha yoshi 28,5 yilga teng bo‘lgan. Iyul, avgust va sentyabr oylarida eng ko‘p nikoh rasmiylashtirilgan.
Xorijlik kelinlar ishtirokidagi to‘ylar Istanbul, Antaliya va Izmir shaharlarida eng ko‘p o‘tkazilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar