Foto: Getty Images
AQSH bojxona va chegara himoyasi (CBP) oktyabrdan buyon San-Diego orqali AQSHga 2500 dan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy kirganini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-fiskal yili 1 oktyabrda boshlanganidan beri jami 140,000 ga yaqin noqonuniy immigrantlar San-Diego sektorini kesib o‘tgan. Bunda Meksika fuqarolariga qaraganda ko‘proq Xitoy fuqarolari yetakchilik qilmoqda. Quyidagi suratda qaysi davlat fuqarolari San-Diego sektoriga noqonuniy ravishda o‘tganini ko‘rish mumkin:
Oktyabr oyidan beri San-Diego sektorini Mavritaniya davlatidan 2500, O‘zbekistondan 2500, Afg‘onistondan 1600, Rossiyadan 850, Tojikistondan 500, Qirg‘izistondan 400 va Turkiyadan 6100 kishi noqonuniy kesib o‘tgan. Tegishli statistika asosida o‘zbekistonliklar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari fuqarolariga nisbatan bu borada yetakchi ekanini ko‘rish mumkin.
Ushbu mamlakatlar fuqarolari qo‘lga olingandan so‘ng, qo‘shimcha federal tekshiruvdan o‘tishi kutilmoqda. Jami 2023-fiskal yilida 2,4 million muhojir sektorni noqonuniy kesib o‘tib, rekord o‘rnatgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich hozirgacha 961 mingdan oshmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!