Foto: CNN
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushdan keyin G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha o‘z rejasini birinchi marta Vazirlar mahkamasiga taqdim etdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.
Bu asosan Netanyaxu urush boshidan beri ta’kidlab kelayotgan tamoyillar to‘plami hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Isroil urushdan keyin butun sektor bo‘ylab vaqt cheklovlarisiz harakat erkinligini saqlab qoladi;
- G‘azo sektorida Isroil aholi punktlari yaqinida xavfsizlik zonasi yaratiladi;
- Isroil “guruhlarning qayta qurollanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun” G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegarani yopiq holda saqlaydi;
- Rejada Falastin administratsiyasi tilga olinmagan va uning urushdan keyingi sektorni boshqarishda ishtirok etishi istisno etilmagan.
Buning o‘rniga, G‘azo sektoridagi fuqarolik ishlarini “ma’muriy tajribaga ega” va “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar yoki tashkilotlar” bilan bog‘liq bo‘lmagan “mahalliy amaldorlar” boshqarib borishi ta’kidlanadi.
Reuters agentligining yozishicha, Isroil G‘azo sektorini boshqarish uchun falastinlik qidirmoqda. Bu loyiha sektorning “HAMASdan to‘liq tozalangan” hududlarida amalga oshiriladi.
“Tegishli reja HAMAS yo‘q qilinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin va Isroil G‘azo sektori aholisi uchun xavf tug‘dirmaydi”, — deydi agentlik manbasi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!