
"Al Hilol" hujumchisi Neymar "Barselona" va Braziliya termasidagi sobiq jamoadoshi Daniel Alvesga yordam berdi.
Alves 2022 yilda Kataloniyadagi tungi klubda bir ayolni zo‘rlaganlikda ayblanib, 2023 yil yanvar oyidan buyon hibsda ushlab turilgandi. Avvaliga 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi aytilgan Dani bir necha kun avval 4,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Biroq masalaga Neymar aralashgan va sud xarajatlariga yordam berish maqsadida 150 000 yevro to‘lab bergan. Bu pullarning ma’lum qismi jabrlanuvchiga kompensatsiya sifatida tegadi va bu holat sudning yakuniy qarorini ham yumshatilishiga zamin yaratdi. Shuningdek, Neymar Alvesni himoya qilish uchun o‘zining eng yaxshi advokatlaridan biri Gustavo Ksistoni "ishga solgan".
NeymarDaniel AlvesJazo MuddatiniSud XarajatlariO'zbekistonBraziliya Termasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar