Aleksey Navalniyning jasadi onasiga topshirildi

Dunyo1 daqiqa o'qish416
Aleksey Navalniyning jasadi onasiga topshirildi
Foto: Moskva shahar sudi
Rossiyalik muxolifatchi, marhum Aleksey Navalniyning jasadi uning onasi Lyudmila Navalnayaga topshirildi. Bu haqda muxolifatchining matbuot kotibi Kira Yarmish xabar berdi.

“Alekseyning jasadi onasiga topshirildi. Biz bilan birgalikda buni talab qilgan barchaga katta rahmat. Xayr Salexardagi Lyudmila Ivanovna. Dafn marosimi hali oldinda. Oilasi marhumni xohlagan va Alekseyga munosib tarzda dafn qilishiga rasmiylar xalaqit beradimi yoki yo‘qligini bilmaymiz. Ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan xabar beramiz”, — dedi Yarmish.

Aleksey Navalniy o‘limi

Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16 fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab bo‘lgani aytilgan.

“Ommaviy axborot vositalarida yozilayotgan va Jazoni ijro etish Federal xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda Aleksey Navalniy tromb yorilishidan vafot etgani aytilmoqda. Ammo buni hozircha tasdiqlab bo‘lmaydi, chunki bu kasallikni aniqlash uchun avval murdani yorib ko‘rish kerak”, — degan Navalniyni davolagan shifokor Polupanov.

O‘z navbatida, Tergov qo‘mitasi tergovchilar marhumning jasadi tekshirilishini ma’lum qilgandi. Kira Yarmish va muxolifatchining tarafdorlari o‘shanda Navalniyning jasadini zudlik bilan oilasiga berishni talab qilgandi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?