23:33 / 25.02.2024
529

Xitoy nega butun boshli shahar nusxasini qurgan edi?

Xitoy nega butun boshli shahar nusxasini qurgan edi?
Avstriyaning Halshtat qishlog‘i dunyodagi eng go‘zal hududlardan biri hisoblanadi. 2012 yilda tarixiyligi va tabiati go‘zalligi bilan ajralib turadigan Halshtatning xitoycha nusxasi quriladi. Bunga Halshtatda koreyslarning “Bahor valsi” seriali suratga olingani va shu sabab xitoyliklarning bu hududga borishga qiziqishi oshib ketgani ham sabab bo‘lgan. 2012 yilda Xitoy Avstriyaning Halshtat qishlog‘ining haqiqiy odam yashaydigan nusxasini qurish uchun 1 mlrd dollar sarfladi.

Halshtatning qanday o‘ziga xosligi borki, xitoyliklar unga o‘xshash hudud bino qilishga qiziqishgan?
Avstriyaning Halshtat qishlog‘i insonga xuddi Yevropa ertaklariga tushib qolgandek tasavvur beradi. Shahar arxitekturasi qadimiy, bir necha asrlardan meros qolgan va YUNЕSKO tomonidan himoyalanadi. Tog‘ bag‘ri va sokin daryo yonida joylashish qishloq manzarasini yanada betakror qiladi.

Halshtat hududida juda qadimiy tuz konlari mavjud bo‘lgan. Va nomi ham shunga monand "tuz koni" degan ma’noni anglatadi.

Halshtat, Avstriya. 1899 yil.

Halshtat manzarasi, Avstriya.
Hali tarixda biror butun boshli hududning nusxa varianti yaratilmagan. Bu ishni xitoyliklar birinchi bo‘lib qildi. Ularning uzoq o‘lkadagi bir shaharga qiziqib qolishlariga 2005 yilda ekranlarga chiqqan “Bahor valsi” koreys dramasining ham ta’siri bor degan taxminlar mavjud. Avstriyaning Halshtat qishlog‘i va uning atroflarida, u joylashgan orolda suratga olingan drama osiyoliklarga bu hududlarni tanishtiradi. Kino namoyishidan oldin yiliga atigi 50 nafar xitoylik Halshtatga sayohatga borgan bo‘lsa, keyin xitoylik sayyohlar soni mingdan oshib ketadi.

“Bahor valsi” seriali.
Xitoy Halshtati tarixi
Halshtat shaharchasining Xitoy varianti Yevropadagi Halshtatni borib ko‘rishni xohlaydigan sayyohlarga arzon variantda uni ko‘ra olish imkonini berish uchun, shahar atrofidagi villalar esa elit qatlam uchun mo‘ljallab qurilgan. Hudud odamlarga Yevropa atmosferasini his qilish imkonini beradi.

Halshtat nusxasi Xitoyning Guandun provinsiyasida quriladi. Qurilishdan oldin loyiha guruhi Avstriyaning Halshtatida bo‘ladi va shaharchadagi har bir binoni g‘ishtigacha puxtalik bilan loyihaga kiritadi.

Xitoy Halshtatidagi shahar maydoni va boshqa binolar haqiqiysiga juda o‘xshash.

Lekin baribir har ikkala Halshtatning farqli taraflari bor: Avstriyada u tarixiy davrlardan beri mavjud, turistlar bilan gavjum qadimiy qishloq bo‘lsa, Xitoy Halshtati uy-joy loyihasi sifatida qurilgan loyiha hisoblanadi.

Halshtat ko‘chalari, Xitoy
Lekin farq va o‘xshashliklariga qaramay mavjud bo‘lgan yagona haqiqat shuki, Halshtatning nusxasi qurilishi uni yana ham mashhur qildi va sayyohlar oqimini ko‘paytirib yubordi.

Halshtat, Xitoy

Halshtat, Xitoy

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo