Foto: Reuters
Yevropa kengashining Tashqi aloqalar bo‘yicha harbiy tahlilchisi Gustav Gressel Rossiya urushga 2027—2028 yillargacha bardosh bera olishini aytdi. Bu haqda Bild xabar berdi.
“Bu vayronagarchilik urushi. Hech bo‘lmaganda bir tomon kuchli mudofaa chiziqlari va dronlar bilan kurashish yo‘lini topmaguncha. Rossiya taxminan 2027—2028 yillargacha bardosh bera oladi. Ukraina esa o‘sha vaqtgacha moddiy yo‘qotishlari va o‘q-dorilar zaxirasini to‘ldira olsagina, tura oladi”.
Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeyev BILD nashriga shunday dedi:
“Bizga uchta narsa kerak: ko‘proq o‘q-dorilar, ko‘proq zamonaviy qurollar va ko‘proq yetakchilik! Zamonaviy nemis qurollari yuqori samaradorlikni isbotladi va Ukraina harbiy xizmatchilari hamda tinch aholining hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Bularga zenit tizimlari, tanklar va uzoq masofali qurollar kiradi. Bizga Germaniyaning boshchiligi kerak, toki yevropalik siyosatchilar va jamiyat zarur bo‘lgan vaqt hamda barcha vositalar yordamida Ukrainaga urushda g‘alaba qozonishda yordam berish o‘z manfaatlari yo‘lida ekanini tushunsin”, — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!