Foto: Falastin prezidenti Mahmud Abbos / Reuters
Prezident Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin ma’muriyati 26 fevral kuni iste’foga chiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Al-Mayadeen xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, iste’fo Falastin prezidenti Mahmud Abbosning mintaqa davlatlari, xalqaro hamjamiyat va AQSHning Falastin ma’muriyatiga nisbatan bosimi ostida qabul qilingan. Bu G‘azodagi urushni to‘xtatish, Isroil harbiylarining u yerdan chiqib ketishi uchun xalqaro kafolat berish, G‘arbiy Sohilga bostirib kirishni to‘xtatish va Falastindan moliyaviy blokadani olib tashlashga olib kelishi kutilmoqda.
Iste’fo yangi hukumatni shakllantirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lib, undan keyingi ikki qadam G‘azo sektoridagi urushni tugatish va keyinchalik yangi hukumatni shakllantirish uchun barcha Falastin fraksiyalari, jumladan, HAMAS uchun milliy konsensusni shakllantirishdir.
Bunga erishish muddati bo‘yicha ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, G‘azodagi falastinliklar o‘qlar va otishmalar ostida yashayotgan bir paytda biror hukumat tuzishning iloji yo‘qligi ta’kidlanadi.
Prezident Mahmud Abbos avvalroq G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishdan oldin yangi hukumat tuzish bo‘yicha qaror qabul qilmasligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!