12:56 / 27.02.2024
113

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini tasdiqladi

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini tasdiqladi
Foto: AP Photo
Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ko‘pchilik ovoz bilan ratifikatsiya qildi. 26 fevral, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu qarorga 188 deputat ovoz berdi, olti nafari qarshi chiqdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansining 32-a’zosiga aylandi. Vengriya Shvetsiyaning blokka qo‘shilishi uchun roziligi zarur bo‘lgan oxirgi NATO davlati bo‘lib qoldi. Ovoz berishdan keyin Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bugungi kunni o‘z mamlakati uchun “tarixiy” deb atadi.

Hozir NATOga a’zo barcha davlatlarning parlamentlari Shvetsiyani NATOga qabul qilish uchun ovoz berdi. Shvetsiya Yevro-Atlantika xavfsizligini ta’minlashda yelkama-yelka turishga tayyor”, — deb yozdi Kristersson X ijtimoiy tarmog‘ida.

Shvetsiya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga harbiy yurishi fonida Finlyandiya bilan bir vaqtda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. Yaqin vaqtgacha Turkiya va Vengriya Shvetsiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilgan. 2024 yil yanvar oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning alyansga kirishini tasdiqlovchi protokolni tasdiqlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo