Foto: Arab News
25 fevral kuni Pokiston shimoli-g‘arbida 20 ta davlat ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda Arab News xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 60 soatlik mashg‘ulotlar yettinchi marta o‘tkazilmoqda. Ular harbiylarning asosiy fazilatlari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga, fikr va ilg‘or tajriba almashishga yordam beradi. Ular, shuningdek, murakkab global xavfsizlik muhitida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Tadbirda jami 20 ta davlat – Pokiston, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya, Qozog‘iston, Maldiv orollari, Marokash, Qatar, Shri-Lanka, Tailand, Turkiya, AQSH va O‘zbekiston ishtirok etmoqda. Ozarboyjon, Belarus, Xitoy, Myanma, Germaniya, Indoneziya, Yaponiya va Ummon vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashyapti.
«Mashqlar eng yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik, aqliy chaqqonlik, chidamlilik va real sharoitlarda murakkab vazifalarni bajara turib, turli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish uchun professional harbiy bilimlarni talab qiladi», deyiladi xabarda.
Pokiston o‘nlab yillar davomida isyonchilarga qarshi kurashib kelayotgan davlat sifatida global tahdidlarga qarshi turish uchun o‘zaro hamkorlik va birgalikda joylashtirish konsepsiyalarini ishlab chiqish maqsadida do‘st davlatlar bilan muntazam ravishda havo, quruqlik va dengizda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Mutaxassislarning fikricha, mintaqa tinchligiga tahdidlardan biri Afg‘onistondagi turli radikal terrorchi guruhlardir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan