Petr Fiala Foto: Michaela Rihova/CTK/picture alliance
Vishegrad guruhiga kiruvchi davlatlar – Chexiya, Slovakiya, Polsha va Vengriya Ukrainadagi urush sabablari va bu mojaroni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari haqida umumiy fikrga ega emas. Bu haqda Chexiya bosh vaziri Petr Fiala 27 fevral, seshanba kuni Pragada bo‘lib o‘tgan Vishegrad guruhi sammitidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
U, shuningdek, Chexiya va Polsha Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etayotganiga e’tibor qaratdi, Vengriya va Slovakiya esa buni Vishegrad guruhidagi sheriklari bilan «qilmayapti».
Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari haqida
O‘z navbatida, Slovakiya hukumati rahbari Robert Fitso Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning «harbiy yechimi yo‘qligini» aytdi. «Faqat zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish muayyan murosa va kelishuvlar, muzokaralar o‘tkazish uchun joy yaratadi», dedi u. Fitso fikricha, Ukraina ham, Rossiya ham xavfsizlik kafolatiga muhtoj.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban: «Urushni faqat muzokaralar yo‘li bilan tugatish mumkin», dedi. Orban Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi xalqaro huquqni buzish ekanligiga, Kiyev yordamga muhtojligiga diqqat qaratdi. Biroq, Vengriya hujumga uchragan davlatga qurol yetkazib bermaydi, deya qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, Vengriya Kiyevga gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor.
Shu bilan birga, Petr Fiala bu yondashuvga qo‘shilmasligini aytdi. «Rossiyaga yon berish orqali uzoq muddatli tinchlikka erishish mumkin emas», dedi u. O‘z navbatida, Polsha bosh vaziri Donald Tusk: «Ukraina davlatining mustaqilligi haqida gap ketganda, murosaga o‘rin yo‘q», deb ta’kidladi.
Pragadagi Vishegrad to‘rtligi sammitining boshqa mavzulari
Visegrad guruhi sammitida muhokama qilingan boshqa mavzular orasida Yevropadagi fermerlarning noroziliklari, 2050 yilgacha Yevropa Ittifoqi yashil kelishuviga erishish masalasi, atom energiyasidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik va noqonuniy migratsiyaga qarshi birgalikda kurash bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi