Foto: AP Photo
“Birdamlik” qishloq xo‘jaligi ishchilari kasaba uyushmasi Polsha dehqonlari Varshavada 6 —7 mart kunlari navbatdagi norozilik namoyishini rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Milliy komissiyaning 1/24-sonli qarori munosabati bilan ittifoqimiz Milliy kengashi prezidiumi boshqa qishloq xo‘jaligi kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni boshladi. Butun Polsha fermerlarining tashabbuslari bilan qo‘shma namoyish tashkil etish maqsadida Varshavada 6—7- mart kunlari seym sessiyalarida namoyishlar bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
O‘tgan seshanba kuni Varshavada fermerlar umummilliy noroziligining avj nuqtasiga aylangan “Varshavaga marsh” bo‘lib o‘tgan edi.
Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, namoyishda 10 mingga yaqin odam qatnashgan. Hozircha jamoat tartibini buzish holatlari qayd etilmagan. Namoyishchilarning asosiy talablari Ukrainadan Polshaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini to‘xtatish hamda Yevropa Ittifoqining ayrim ekologik rejalarini rad etishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi