Illustrativ foto: Sputnik
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni, ayniqsa, ayollarnikini monitoring qilishni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Japarovning fikricha, ajrashgan ayollar eri va uning ota-onasi haqida yomon fikr bildirmasligi kerak. U an’ana va urf-odatlarga zid bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatishni cheklash zarurligini aytdi.
“Ba’zi kelinlar o‘z otasini maqtasa-da, qaynota va qaynonasini yomonlaydi. Ajrashganda esa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlarini bo‘lishadi. Ular namuna emas. Qaynotalariga kalta shortik kiymanglar, deb aytishadi, kelinlar esa boshlaridan ro‘mollarini yechmasliklari kerak".
E’tiborlisi, bu Oqilbek Japarovning ayol va qizlarga nisbatan noto‘g‘ri gapirayotgan birinchi holat emas. 2022 yil sentyabr oyida u qizlarning o‘rni haqida kamsituvchi fikr bildirgandi.
“Qizlar uy bekasi bo‘lishni, o‘g‘il bolalar pul topishni, vatanni himoya qilishni o‘rganishi kerak”, — degan o‘shanda u.
2023 yilga ko‘ra, Qirg‘izistonda 13 ming 104 kishi oiladagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan. Ularning 95 foizini ayollar tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi