12:55 / 29.02.2024
128

Sud Trampning 454 million dollarlik jarimasini kechiktirish haqidagi iltimosini rad etdi

Sud Trampning 454 million dollarlik jarimasini kechiktirish haqidagi iltimosini rad etdi
Foto: Reuters
Nyu-York apellyatsiya sudi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning firibgarlik ishi bo‘yicha 454 million dollar to‘lashni kechiktirishni ta’minlamadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Shunga qaramay siyosatchining rahbarlik lavozimlarini egallashiga qo‘yilgan taqiqni vaqtinchalik to‘xtatib turishga rozi bo‘lgan. Shuningdek, Trampning Nyu-York banklaridan kredit olishiga qo‘yilgan uch yillik taqiq bekor qilingan.

16 fevral kuni Nyu-York sudi Trampni Trump Organization aktivlarini baholashda firibgarlik bo‘yicha aybdor deb topgan, ayblovga ko‘ra, u qariyb 355 million dollar to‘lashi kerak bo‘lgan. 23 fevral kuni sud qaroriga qo‘shimchalar kiritilgan va umumiy jarima foizlarni hisobga olgan holda 454 million dollarga yetgan.

Bundan tashqari, uch yilga Nyu-York shtatidagi har qanday korporatsiyaning xodimi yoki direktori lavozimida ishlash va Nyu-York shtatida ro‘yxatdan o‘tgan har qanday moliya institutidan kredit olish taqiqlangan. Tramp qaror ustidan shikoyat qilgan edi.

Da’vo sudga 2022 yil sentyabr oyida yuborilgan. Prokurorlarga ko‘ra, Tramp tashkiloti kreditlar va sug‘urta bo‘yicha qulayroq shartlarni olish uchun aktivlar qiymatini noto‘g‘ri ko‘rsatgan. Aktivlar qiymati 2,23 milliard dollardan 3,6 milliard dollarga oshirilgan.

Trampning Floridadagi mulki, Manxettendagi Trump Tower osmono‘par binosidagi kvartiralari, ba’zi ofis binolari va golf maydonchalari shular jumlasidan. Himoyada ayblovlar asossiz ekanligi va obyektiv holatlar tufayli mulkning narxi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkinligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo