
Foto: Rossiya TIV
2 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilayotgan diplomatik forum doirasida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.
Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining ayrim dolzarb masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi qator masalalar, jumladan, MDH va SHHT doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.
Qayd qilinishicha, Lavrov va Saidov ikki davlat rahbarlarining kelishuvlariga muvofiq Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuqori dinamikasini ta’minlashga sodiq ekanligini tasdiqlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar