Foto: “RIA Novosti”
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram kanalida Germaniya Rossiya bilan urushga tayyorlanayotganini yozdi.
“Siyosiy rahbariyat va kansler shaxsan xabardormi yoki yo‘qmi, hech kim bilmaydi. Ammo ular xabardor bo‘lmasa ham va shunga o‘xshash buyruq bermagan bo‘lsalar ham, tarix fuqarolik qo‘mondonlari o‘rniga harbiylar urush boshlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki uni rag‘batlantirishga qodir ko‘plab misollarni biladi.
Sholsga kelib: “Kansler, Ukrainada raketa urib tushirildi. Turi va trayektoriyasiga ko‘ra, u Berlinga uchayotgan edi”, deyishsa, Shols nima deb javob beradi-a? Kundek ravshan. Bundesver zobitlari suhbatini raketalar va tanklar o‘yini sifatida ko‘rsatishga urinishlar yolg‘ondir. Germaniya Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda”, — deb yozgan Medvedev.
Germaniya Ukrainaga qo‘shin yuboradimi?
Germaniya kansleri Olaf Shols Rimda bo‘lib o‘tgan Yevropa sotsialistlari partiyasining (PЕS) qurultoyida so‘zlagan nutqida Ukrainaga harbiylarni yuborishga qarshi chiqqan.
“Biz Ukrainaga yevropalik askarlarni jo‘natmaymiz. Biz Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘lishini istamaymiz va uning oldini olish uchun hamma narsani qilamiz”, — degan u.
Germaniya kanslerining ta’kidlashicha, NATO a’zolari urushayotgan tomonlardan biriga aylanmasligi kerak.
Ma’lumot o‘rnida, 26 fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 20 ga yaqin G‘arb davlatlari vakillari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish uchun qo‘shinlar yuborish imkoniyatini muhokama qilganini bildirdi. Makronga ko‘ra, ishtirokchilar bu masala bo‘yicha konsensusga erisha olmagan. Ammo kelajakda bunday ssenariyni ham istisno qilib bo‘lmaydi.
Konferensiyadan so‘ng ishtirokchi davlatlarning aksariyati Ukrainaga qo‘shin jo‘natishni rejalashtirmaganini ma’lum qilgan. Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi urushga aralashish niyatida emasligi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi