Foto: “TASS”
Rossiyaning postsovet hududidagi davlatlar bilan hududiy bahslari yo‘q. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Medvedev “Bilim” marafonida “Geografik va strategik chegaralar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
“Yaqin xorij” tushunchasi shunchaki so‘z emas, balki mohiyatning aksidir. Men shuni alohida aytmoqchiman: bu kamarga kiradigan davlatlar bilan bizning hududiy bahslarimiz yo‘q”, — dedi u.
Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari “Ukraina Rossiya emas” degan tushuncha abadiy yo‘qolishi kerakigini aytdi.
“Bir paytlar Ukrainaning sobiq rahbarlaridan biri Ukraina Rossiya emas, degan edi. Bu tushuncha abadiy yo‘qolishi kerak. Ukraina, shubhasiz, Rossiyadir. Ukraina va uning aholisini haqli ravishda umum rus sivilizatsiyasining bir qismi deb biladigan Rossiya jamoatchilik fikrini e’tiborsiz qoldirishga urinishlar ham unutilishi kerak”, — dedi Medvedev.
U Dneprning ikkala qirg‘og‘idagi hududlar Rossiyaning strategik va tarixiy chegaralari “tarkibiga kirishi”ni aytdi.
“Bizning barcha raqiblarimiz oddiy haqiqatni qat’iy va abadiy tushunishi kerak: Dneprning ikkala qirg‘og‘idagi hududlar Rossiyaning strategik, tarixiy chegaralarining ajralmas qismidir, shuning uchun ularni majburan o‘zgartirishga, ularni bo‘lib tashlashga bo‘lgan barcha urinishlar barbod bo‘ladi”, — dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
U Putinning Rossiya chegaralari “hech qayerda tugamaydi” degan so‘zlarini takrorladi.
“Prezident bizning chegaralarimiz haqida aniq va lo‘nda gapirgan: Rossiya chegaralari hech qayerda tugamaydi. Bu juda yaxshi so‘zlar”, — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi