Foto: Yle
Finlyandiya shimoli, Shvetsiya va Norvegiyada 15 martga qadar Nordic Response 24 nomli NATOning keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi. Ular Norvegiya boshchiligida amalga oshiriladi. Bu haqda Finlyandiyaning Yle nashri xabar berdi.
Finlyandiya uchun bu mudofaa kuchlari tarixida xalqaro mashg‘ulotlardagi eng muhim ishtirokidir. Mamlakat alyans a’zosi sifatida NATOning qo‘shma mudofaa mashg‘ulotlarida birinchi marta ishtirok etadi.
Nordic Response 24 quruqlik, dengiz va havoda o‘tkaziladigan keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlardir. Unda 14 davlatdan 20 mingga yaqin harbiy xizmatchi qatnashadi. Finlyandiyadan 4100 ga yaqin harbiy ishtirok etadi.
Nordic Response 24 Shimoliy Atlantika alyansining keng miqyosdagi Stadfast Defender mashqlarining bir qismi. Mashg‘ulotlarga 50 dan ortiq kemalar, jumladan, fregatlar va suv osti kemalari, 100 dan ortiq qiruvchi samolyot, vertolyot va dronlar ham jalb etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi