445
Isroil televideniyesi isroillik harbiylar o‘ldirgan asirlar haqidagi haqiqatni namoyish etdi
Isroilning KAN davlat televideniyesi 2023 yil 15 dekabrda ishg‘ol qilingan va blokadadagi G‘azo sektorida isroillik harbiylar tomonidan «xatolik tufayli» o‘ldirilgan uch isroillik asirning «yordam so‘ragani» audioyozuvini tarqatdi.
Audioyozuvda isroillik asirlar harbiylarga murojaat qilib: «Yordam bering. Biz mahbusmiz, bizni qutqaring. Biz zinapoya ostidamiz», deb yolvorishadi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, audioyozuv uch isroillik mahbus joylashgan hududga jo‘natilgan politsiya itiga biriktirilgan videokamerada olingan.
Isroil armiyasi matbuot xizmati o‘tgan yilning 15 dekabr kuni «Shujayya hududidagi janglar chog‘ida harbiylar yanglishib, uch isroillikni tahdid deb bilib, ularga qarata o‘t ochgan va ularni o‘ldirgan» deb xabar bergan edi.
Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan hududda tintuv va tekshiruvlar o‘tkazilganda «o‘lganlarning shaxsiga shubha paydo bo‘lgan», shuning uchun jasadlar ekspertiza uchun yuborilgan. Keyinroq ular uchta isroillikka tegishli ekani tasdiqlangan.
Batafsil tekshiruv natijasida 28 yoshli Yotam Xaim va 22 yoshli Samer Talalka o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Uchinchi isroillikning ismi keyinroq ma’lum bo‘ldi. U 26 yoshli Alon Shamriz bo‘lib chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi