Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan 2022 yil fevral oyidan buyon G‘arb mamlakatlaridan yuzlab rus diplomatlari josuslik aybi bilan badarg‘a qilindi. Ammo Rossiya maxsus xizmati uddaburonlik bilan tashqi razvedkadagi bo‘shliqlarni to‘ldirmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal gazetasi.
AQSH nashriga ko‘ra, Rossiya josuslik idoralari avvalo Ukraina urushi ortidan mamlakatdan aholining ommaviy ravishda chiqishi ketishidan foydalangan. Ya’ni Yevropa, Kavkazorti va Markaziy Osiyo davlatlariga bosh olib chiqqan rossiyaliklar orasiga josuslar ham ustalik bilan kiritilgan.
Bundan tashqari, Rossiya maxsus xizmatlari keyingi vaqtlarda o‘z amaliyotlarida chet el fuqarolaridan faol foydalanmoqda. Masalan, 2023 yil aprel oyida rossiyalik taniqli arbob, Krasnoyarsk o‘lkasi sobiq gubernatori Aleksandr Ussning o‘g‘li Artyom Italiyadagi uy qamog‘idan serb jinoiy guruhlari ko‘magida qochirilgan. Sanksiya tartibini buzishda ayblanayotgan Artyom Uss AQSHga topshirilishi kutilayotgan edi.
Joriy yil fevral oyida Ispaniyada rossiyalik harbiy uchuvchi Maksim Kuzminovning o‘ldirilishida ham Kremlning qo‘li borligi gumon qilinmoqda. Uchuvchi Rossiyaning Mi-8 vertolyotini Ukraina hududiga olib o‘tgani ortidan e’tiborga tushgan edi.
The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, Rossiyaning uchta razvedka idorasi – Federal xavfsizlik xizmati, Razvedka bosh boshqarmasi va Tashqi razvedka xizmati orasidagi chegaralar tobora «yuvilib» ketmoqda.
Ukraina tajovuzi boshlanganidan buyon G‘arb davlatlaridan 400 ga yaqin rus diplomati chiqarib yuborildi.
So‘nggi vaqtlarda Yevropa davlatlarida Moskva foydasiga ayg‘oqchilik qilishda gumonlanib o‘nlab xorij fuqarolari qamoqqa olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi