Foto: Thirstymag
Kiyev qo‘shinlari Ukraina sharqidagi frontda zaharli kimyoviy moddalardan foydalanmoqda. Bu haqda 4 mart kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Kirill Lisogorskiy “TASS” nashriga ma’lum qildi.
“Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya razvedka idoralari bilan birgalikda ukrainalik jangchilar tomonidan maxsus harbiy operatsiya zonasida bizning harbiy xizmatchilarimizga qarshi kimyoviy moddalar qo‘llangani bilan bog‘liq holatlarni bir necha bor qayd etdi. Vazirlik ham bu borada batafsil hisobotlarni taqdim etgan. Birinchi holat 2023 yil sentyabr oyida Zaporoje viloyatida kimyoviy jangovar vositadan terroristik maqsadlarda foydalanilganda kuzatildi. Biz dalillarni ko‘paytirishga urinyapmiz. Agar zarur bo‘lsa, ushbu dalillar KXSHT kotibiyatiga va boshqa tashkilotlarga ham so‘zsiz taqdim etiladi”, — degan Rossiya rasmiysi.
Xabarda aytilishicha, Ukraina armiyasi yollagan erkak Melitopol shahrida ommaviy qotillik sodir etish uchun kimyoviy quroldan foydalanishni rejalashtirgan. Xavfsizlik xizmati teraktning oldini olgan.
“Bunday xatti-harakatlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi aniq. Shuni ta’kidlashni istardimki, Rossiyaning xalqaro hamjamiyatni hodisa haqida xabardor qilish va bu ma’lumotlarni oshkora e’lon qilish choralari orqali bir qator fojialarning oldi olindi”, — deya qo‘shimcha qilgan Lisogorskiy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi