13:33 / 05.03.2024
427

Ukraina dronlari Rossiyaning “Sergey Kotov” patrul kemasiga zarba berdi

Ukraina dronlari Rossiyaning “Sergey Kotov” patrul kemasiga zarba berdi
Foto: “Kchf.ru”
Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining dronlari Rossiyaning “Sergey Kotov” patrul kemasiga zarba berdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Tegishli maʼlumotni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasidagi manba tasdiqlagan. Maxsus operatsiya 5 martga o‘tar kechasi amalga oshirilgan, uning ortida Ukraina razvedkasi turibdi. Hozirda kemaga yetgan zarar bo‘yicha barcha tafsilotlar va uning taqdiri aniqlanmoqda. Ukraina prezident ofisi rahbari Andrey Yermak ham “Sergey Kotov”ning mag‘lubiyatiga izoh berdi.

“Rossiya Qora dengiz floti okkupatsiya timsoli. U Ukrainaning Qrimida bo‘lishi mumkin emas”, — deya taʼkidladi u.

Hujum natijasida halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi nomaʼlum. Rossiyaning harbiy Telegram kanali “ekipaj tirik” deb daʼvo qilmoqda. Shu bilan birga, “Obozrevatel” nashri Ukraina razvedkasiga tayanib, kema dengiz kuchlarining dron hujumi natijasida yo‘q qilinganini yozmoqda. Hozirda Rossiya Mudofaa vazirligi kema hujumga uchragani bo‘yicha maʼlumot bermagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo