Kollaj: NBC News
AQSHning 15 shtati va bir orol hududida bo‘lib o‘tgan praymerizlarida Amerikaning amaldagi prezidenti Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp deyarli barcha ovozlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Bu yil 5 martga to‘g‘ri kelgan “super seshanba” partiya ichidagi saylovlarning eng muhim kuni bo‘lib, unda Respublikachilar va Demokratik partiya tarafdorlari AQSH prezidentligiga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan nomzodlariga ovoz beradi.
Shunday qilib, Tramp Kaliforniya, Texas va Alyaska kabi 14 shtatdagi ichki partiyaviy saylovlarda g‘alaba qozonib, raqibi Nikki Heylini mag‘lub etdi. Edison Research so‘rov xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Heyli Vermontdagi yagona g‘alabasini qo‘lga kiritgan va endi nomzod bo‘lish uchun real imkoniyatga ega emas.
Ikkinchi muddatga prezidentlikka da’vogar bo‘lgan Bayden Amerika Samoasi orol hududidan tashqari barcha praymerizlarda g‘alaba qozondi. Floridada tarafdorlari oldida chiqish qilgan Tramp Baydenga hujum qilib, uning immigratsiya siyosatiga e’tibor qaratib, Baydenni tarixdagi “eng yomon prezident” deb atadi.
O‘z navbatida, Bayden Trampni yana “Amerika demokratiyasiga tahdid” deb atadi.
"Bugungi natijalar Amerika xalqiga aniq tanlov qoldiradi: biz oldinga siljishda davom etamizmi yoki Donald Tramp prezidentligini belgilab bergan tartibsizlik, bo‘linish va zulmatga qaytamizmi?", — dedi u.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga oʻzini qutqarishning noodatiy usulini taklif qilishdi
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi