Foto: Getty Images
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenni debatga taklif qildi. Bu haqda Tramp Trurh ijtimoiy tarmog‘ida xabar bergan.
“Mamlakatimiz farovonligi uchun Jo Bayden va men Amerika va AQSH xalqi uchun juda muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishimiz zarur. Shuning uchun men bahs talab qilaman. Istalgan vaqtda, istalgan joyda. Javob olishni intiqlik bilan kutaman. Ushbu masalaga e’tibor berganingiz uchun tashakkur”, — deb yozgan siyosatchi.
6 mart kuni Tramp va Bayden aksariyat shtatlarda o‘tkazilgan praymerizda g‘alaba qozonib, o‘z partiyalari prezidentligiga yetakchi nomzod bo‘lib qolgan edi.
Avvalroq Bayden bir nechta shtatlarda 70-90 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani xabar qilingan edi. Tramp, o‘z navbatida, ayrim shtatlardagi muvaffaqiyatini izohlab, o‘tgan “Super seshanba”ni “ajoyib oqshom” deb atagan.
AQSHda prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi. “Super seshanba” natijalari fonida 6 mart kuni AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilgan, shundan so‘ng Tramp Respublikachilar partiyasidan yagona da’vogar bo‘lib qolgan. Demokratlar orasida Bayden yetakchilik qilmoqda. Reuters avvalroq Xeylining qarori Tramp va Baydenning saylovlarda AQSH prezidentligi uchun yana kurash olib borishini anglatishini yozgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi