Foto: Reuters
Shvetsiya rasman NATO aʼzosi bo‘ldi. AQSH Davlat departamenti xabariga ko‘ra,mamlakatning NATO aʼzoligiga qabul qilingani haqidagi protokol kuchga kirdi.
7 mart kuni Shvetsiya hukumati navbatdan tashqari yig‘ilishda NATO aʼzosi bo‘lish taklifini maʼqulladi. Shundan so‘ng, Vashingtonda bo‘lib turgan mamlakat bosh vaziri Ulf Kristersson Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishi haqidagi hujjatlarni imzoladi va AQSH Davlat departamentiga topshirdi.
Shvetsiya harbiy ittifoqqa qo‘shilgan 32-davlat bo‘ldi. 11 mart kuni mamlakat bayrog‘i alyansning Bryusseldagi shtab-kvartirasi oldida ko‘tariladi.
Shvetsiya alyansga qabul qilingandan so‘ng, Rossiya uchun muhim neft savdo yo‘llari o‘tadigan va Rossiyaning Boltiq floti joylashgan Boltiq dengizi amalda NATO ichki dengiziga aylandi, deb taʼkidlamoqda Financial Times.
Shvetsiya 2022 yil may oyida, Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqinidan ko‘p o‘tmay, NATO aʼzosi bo‘lish uchun ariza berdi. Bungacha mamlakat taxminan 200 yil davomida betaraflikka amal qilgan.
Shvetsiyaning NATO aʼzosi bo‘lishiga Turkiya va Vengriya qarshi chiqdi va bir necha shartlar qo‘ydi. Jumladan, Anqara Stokholmdan Turkiya hukumati terrorchilikda ayblayotgan shaxslarni topshirishni, shuningdek, Turkiyada terrorchi tashkilot deb eʼlon qilingan Kurdiston Ishchilar partiyasi «faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslikni» talab qildi. Budapesht, o‘z navbatida, Stokholmni Vengriyani “tahqirlash” siyosati va mamlakatning qonun ustuvorligi meʼyorlaridan chetga chiqishi haqidagi muntazam izohlari uchun qoraladi.
Natijada Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish jarayoni cho‘zilib ketdi. Turkiya 2024 yil yanvar oyida, Vengriya esa mart oyida Shvetsiyaning NATO aʼzosi bo‘lishini maʼqulladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga oʻzini qutqarishning noodatiy usulini taklif qilishdi
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi