Foto: AP
Britaniya Ukraina qurolli kuchlariga 10 mingtadan ortiq dron yetkazib beradi, deya ma’lum qildi mamlakat mudofaa vaziri Grant Shapps 7 mart, payshanba kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida. Dronlarning aksariyati razvedka uchun ishlatiladi, biroq yetkazib berish dengiz va hujumkor uchuvchisiz apparatlarni ham o‘z ichiga oladi, dedi u.
Birlashgan qirollik Ukrainaga 325 million funt sterling (380 million yevro) miqdoridagi harbiy yordam paketi doirasida dronlarni topshiradi. «Men Ukrainani to‘g‘ridan to‘g‘ri Britaniyaning yetakchi mudofaa sanoatidan olingan eng so‘nggi uchuvchisiz uchoqlar bilan qurollantirish bo‘yicha majburiyatimizni mustahkamlayman - to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod maydonchasidan to frontgacha. Men xalqaro hamkorlarni Britaniyaga bu harakatda qo‘shilishga undayman», - dedi Shapps.
Dronlar urushda muhim rol o‘ynaydi
Harbiy ekspertlar ta’kidlaganidek, uchuvchisiz uchoqlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida muhim rol o‘ynay boshladi. Fevral oyi boshida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatda maxsus uchuvchisiz tizimlar qo‘shinini yaratishga buyruq bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «yaqin kelajakda juda aniq natija berishi kerak», chunki dronlar «yerdagi, osmondagi va dengizdagi janglarda o‘z samaradorligini isbotlagan». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi