13:19 / 08.03.2024
213

Shimoliy Koreya “dushman poytaxti”ga zarba bera oladigan artilleriya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Shimoliy Koreya “dushman poytaxti”ga zarba bera oladigan artilleriya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi
Foto: Google Images
Shimoliy Koreya xalq armiyasi bo‘linmalari Kim Chen In boshchiligida keng ko‘lamli artilleriya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlar doirasida Seulga zarba bera oladigan uzoq masofali qurollardan o‘q uzildi, deb xabar beradi Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA).

Mashqlar kecha, 7 mart kuni bo‘lib o‘tdi va unda KXDR Mudofaa vazirligi rahbari Kan Sun Nam va bosh shtab boshlig‘i Li Yong Gil ham ishtirok etdi. KCNA ma’lumotlariga ko‘ra, manyovrlar uzoq masofali artilleriya bo‘linmalarining o‘q uzishi bilan boshlandi, bu “dushman poytaxtini nishonga olish”dan iborat bo‘ldi. Ularning maqsadi “artilleriya bo‘linmalarining zarba berish qobiliyatini sinovdan o‘tkazish va baholash” ekani aytiladi.

Kim Chen In “shaxsan o‘q otish joylariga bordi” va harbiylarni muvaffaqiyatli sinov bilan tabrikladi. Uning ta’kidlashicha, artilleriya bo‘linmalari “haqiqiy jangga kirishda shafqatsiz va tezkor zarba bilan tashabbusni qo‘lga olish uchun” doimo jangovar shay holatda bo‘lishi kerak.

KXDR yetakchisi mamlakat AQSH rasmiylarining yurishlariga qarshi turish uchun 2024 yilda urushga tayyorgarlikni tezlashtirishi kerakligini ta’kidladi. U Janubiy Koreyani eng dushman davlat deb atadi va bu ta’rifni KXDR konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yishga chaqirdi, shuningdek, Janubiy Koreya bilan tinch yo‘l bilan birlashish haqidagi eslatmani u yerdan olib tashlashni talab qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo