
Rossiyadagi AQSH elchixonasi yaqin ikki kun ichida Moskvada sodir etilishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqida ogohlantirish e’lon qildi.
«Elchixona ekstremistlar yaqin kelajakda Moskvada odamlar yig‘iladigan katta tadbirlarga, jumladan, konsertlarga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqda. AQSH fuqarolariga keyingi 48 soat davomida odamlar to‘planadigan joylarga bormaslik tavsiya etiladi», deyiladi AQSH diplomatik missiyasi xabarida.
Keyinroq, Buyuk Britaniya, Latviya va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday xavf haqida o‘z fuqarolarini ogohlantirdi.
Shu bilan birga, AQSH Davlat departamenti Rossiyaga sayohat qilish xavfini eng yuqori darajaga ko‘tardi.
Rossiya rasmiylari Amerika diplomatik missiyasining bayonotiga hozircha izoh bermadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar