
Foto: AP
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning Kursk va Rostov viloyatlariga uchuvchisiz uchoqlar hujumlarini qaytardi. Bu haqda gubernatorlar Roman Starovoyt va Vasiliy Golubev 9 mart, shanbaga o‘tar kechasi Telegram-kanallarida yozgan. Xususan, ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Taganrog hujumga uchragan.
Moskva vaqti bilan taxminan 2:30 da Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt mintaqada raketa tahdidi e’lon qilinganini yozdi. Taxminan 20 daqiqadan so‘ng, havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Ukraina UUAning urib tushirilishi haqida xabar paydo bo‘ldi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchish apparati qoldiqlari klinika tomiga tushgan. Portlash xavfi tufayli reanimatsiya bo‘limidagi bemorlar evakuatsiya qilindi.
Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev ham Taganrog uzra uchuvchisiz uchoqlarning «katta hujumi» qaytarilgani haqida yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, natijada mahalliy Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir xodimi jarohatlangan. Keyinroq mintaqa rahbari viloyat hududiga yana bir hujum qaytarilgani haqida xabar berdi.
Havo HujumiRossiya ViloyatlariDronlar HujumiKursk GubernatoriTaganrog HujumiUkraina UUA O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar