
Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan avtobusdan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari evakuatsiya qilindi. Bu haqda 10 mart kuni mamlakat FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, texnik nosoz avtobus Qorabutak-Komsomol-Kostanay avtomobil yo‘lining 80-kilometrida to‘xtab qolgan. Unda O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan 17 nafar fuqaro bo‘lgan.
Ular yaqin atrofdagi masjidga evakuatsiya qilingan. Fuqarolar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.
14 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan avtobusdan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingandi. 15 fevral kuni esa Aqmo‘la viloyatida avtobus buzilishi oqibatida yo‘lda qolib ketgan 27 nafari o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar