11:47 / 11.03.2024
423

Polsha TIV: NATOning ba’zi davlatlari allaqachon Ukrainaga qo‘shin yuborgan

Polsha TIV: NATOning ba’zi davlatlari allaqachon Ukrainaga qo‘shin yuborgan
Foto: Reuters
Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy NATOning ayrim davlatlari allaqachon Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini jo‘natganini aytdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

“NATO askarlari allaqachon Ukrainada”, — dedi Sikorskiy, u “ba’zi siyosatchilar”dan farqli o‘laroq, o‘z harbiylarini yuborgan davlatlarni nomlash niyatida emasligini ta’kidladi.

8 mart kuni Radoslav Sikorskiy Polsha mudofaa vazirining bayonotlariga zid ravishda, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga G‘arb qo‘shinlarini yuborish tashabbusini “yuqori qadrlashini” aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO kuchlarining Ukrainada bo‘lishini tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsa emas.

Bundan avval Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosiniyak-Kamish Ukrainaga qo‘shin kiritish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

26 fevral kuni Makron Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng Ukrainaga qo‘shin kiritilishiga ehtimolini rad etmadi. U bu Kiyevni qo‘llab-quvvatlash variantlaridan biri ekanini ta’kidlagan. Makronning tashabbusi Buyuk Britaniya, Vengriya, Italiya, Slovakiya, Chexiya va Shvetsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan.

Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo