Foto: Telegram / astrapress
12 mart, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning bir qancha hududlari dron hujumiga uchradi. Shu tariqa, Voronej, Kursk va Tula viloyatlari gubernatorlari, shuningdek, Moskva meri havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan uchuvchisiz uchoqlar haqida xabar berdi.
Belgorod gubernatori UUAdan tushgan portlovchi qurilmalar elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazganini, Orel va Nijniy Novgorod yaqinidagi neft bazalariga hujum uyushtirilganini aytdi.
Belgorod viloyati rahbari Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, «portlashlar natijasida qurbonlar bo‘lmagan», yetti qishloq elektr ta’minotisiz qolgan.
Oryol viloyati gubernatori Andrey Klichkov Telegram'da «UUA qulashi» haqida yozgan va «yonilg‘i-energetika kompleksi obyektiga» hujum qilingani va yong‘in chiqqanini ta’kidlagan. Orel viloyati hukumati matbuot xizmatining TASSga ma’lum qilishicha, Orel shahrida neft saqlash rezervuari yonib ketgan, uni o‘chirish uchun 60 dan ortiq kishi ishlamoqda.
«Baza» xabariga ko‘ra, dron Nijniy Novgorod viloyatidagi «Lukoyl» neft bazasi hududiga ham qulagan, natijada u yerda yong‘in boshlangan.
Poytaxt meri Sergey Sobyaninning xabar berishicha, Ramenskoye shahar okrugida havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva tomon uchayotgan uchuvchisiz uchoqni urib tushirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi