AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp agar u qaytadan mamlakat rahbari etib saylansa, birinchi bor nima ish qilishini aytdi.
Trampga ko‘ra, u 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga hujumda ishtirok etganlikda ayblanganlarni qamoqdan ozod qiladi. Tramp bo‘lajak prezident sifatidagi ilk qadamlarini Truth Social platformasidagi blogida ochib berdi.
«Yangi saylangan prezident sifatidagi birinchi harakatlarim chegaralarni yopish, neft qazib olishni rivojlantirish va 6 yanvar kuni nohaq qamoqqa olinganlarni ozod qilish bo‘ladi!» - deya yozgan AQSHning sobiq prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 6 yanvarda Tramp tarafdorlari 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilish maqsadida Kapitoliy binosini egallab olishdi. Hujumga sobiq prezidentning binoga hujum qilishdan oldingi mitingda aytgan bayonotlari sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi