
AQSH Senati a’zolari prezident Jo Baydenga maktub yo‘llab, AQSHning «Tashqi yordam to‘g‘risida»gi qonuni buzilgani sabab Isroilga qurol sotishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Demokrat Berni Sanders va yana yetti nafar senator Oq uy rahbaridan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumatiga G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami jo‘natishdagi to‘siqlar AQSH qonunchiligida nazarda tutilgan jiddiy oqibatlarga olib kelishini tushuntirishni so‘radi.
«Ular (Isroil rasmiylari) qonunni buzmoqda, shuning uchun moliyaviy yordam to‘xtatilishi kerak», dedi Sanders nashrga.
Eslatib o‘tamiz, Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban G‘azo sektoriga bostirib kirgan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon 30600 dan ziyod falastinlik, jumladan, 13430 nafar bolalar va 8900 nafar xotin-qizlar halok bo‘ldi.
AQSH SenatiJo BaydenIsroil Bosh vaziriG‘azo sektoriInsonparvarlik yordamiMoliyaviy yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar