Foto: Carscoops
Italiyada o‘g‘irlab ketilgan Ferrari F40 superkari 24 yildan so‘ng topildi. Bu haqda Carscoops sayti xabar berdi.
Ferrari F40 Italiyaning Monsa shahridagi mehmonxona parkovkasidan 2000 yilning 16 aprelida o‘g‘irlab ketilgandi. Politsiya mashinani topolmagan, uzoq yillar mobaynida uning dom-daragi ham chiqmagandi.
Biroq mashina egasi qo‘l qovushtirib o‘tirmadi va xususiy izquvarlar yolladi. Ular o‘g‘irlangan mashina boshqa bir odamga sotib yuborilganini aniqlashdi, o‘sha yangi xo‘jayinga bog‘lanib, agar mashinani qonuniy egasiga qaytarsa, jazolanmasligiga va’da berishdi.
Mashinasi yo‘qolganida egasi qancha qayg‘uga tushgan bo‘lsa, topilganida shuncha quvondi, chunki o‘tgan salkam chorak asr davomida uning narxiga narx qo‘shilgandi. Hozir Ferrari F40 narxi 2-2,5 mln dollar atrofida.
Ferrari F40 — chakana avtomobil emas, o‘z davrida eng tezyurar mashina hisoblangan. Va eng muhimi, bevosita Enso Ferrari qo‘l ostida ishlab chiqarilgan so‘nggi superkar sanaladi.
Mashinaning 2,9-litrli V8 tvin-turbo motori 478 ot kuchiga ega, kuzovi kompozit ashyolardan tayyorlangan. 100 km/s tezlik olishga 4,1 soniya sarflaydi, maksimal tezligi 324 km/soat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi