Foto: Yahoo
Fransiyaning Balenciaga modalar uyi yelim tasma — skotch ko‘rinishidagi bilaguzukni taqdim etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” nashri xabar bermoqda.
Mazkur Gaffer Bangle nomli aksessuar ilk bor Parij shahridagi moda haftaligida 2024 yil kuz-qish kolleksiyasining taqdimotida e’tiborga tushdi. Bilaguzukning narxi taxminan 3000 yevrodir. Taqinchoq ko‘rinishidan odatiy shaffof skotchning o‘zginasi, faqat unda Balenciaga brendi logotipi tushirilgani bilan farq qiladi.
Foto: Mirror
Ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yangi aksessuarga o‘z munosabatini bildirdi. Ba’zilar buni hazilga yo‘ydi, yana bir qism auditoriya Balenciaga qashshoqlikni estetikaga aylantirishga urinmoqda, degan fikrni ilgari surdi.
Foto: Yahoo
Kundalik hayotdagi odatiy predmetlarni garderob qismiga kiritish g‘oyasi Balenciaga uchun yangilik emas. 2022 yilda brend kuz-qish mavsumi uchun o‘zining “dunyodagi eng qimmatbaho axlat sumkasi”ni taqdim etgandi. Sigir terisidan ishlangan mazkur sumka taxminan 1790 dollarga sotildi.
Shuningdek, o‘sha yili brend 1850 dollar turadigan yirtiq va kirlangan ko‘rinishdagi krossovkalarni taqdim etgan va bu kolleksiya ham ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi